Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qalqon yoshlar guruhi vakillari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi

Yoshlar kuni doirasida xalq deputlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Tilakov, tuman prokurori Sh. Salimov hamda tuman IIB boshlig‘i J.Xo‘janovlar ishtirokida “Qalqon” yoshlar guruhi vakillari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Saf ko‘rigi davomida “Qalqon” guruhi a’zolarining faoliyati ko‘zdan kechirilib ularning yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning
oldini olish, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan zarur ko‘rsatmalar
berilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1