Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi bandligini ta’minlash yo‘lida amaliy yordam berildi
янв.21
Deputat tomonidan bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritish masalasi joyiga chiqib hal etildi
янв.21
Yangiobodda xotin-qizlar va yoshlar masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
Deputat tomonidan Agrotex xizmatlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sut mahsulotlarini qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
янв.21
Parrandachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyiha ijrosi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Kengash raisining bir kuni

Kengash raisining bir kuni

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova "Navro'z" mahallasi nuroniylari bilan ochiq va samimiy ruhda davra suhbati o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallalarda olib borilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlar, yoshlar tarbiyasi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda hududdagi dolzarb muammolar muhokama qilindi.

Suhbat jarayonida nuroniylar o‘z tajribalari va takliflari bilan o‘rtoqlashib, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tuman Kengashi raisi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida nuroniylar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.

Bunday davra suhbatlari hududda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va mahalla institutining rolini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.