Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axboroti va hisobotlari ko‘rib chiqildi. Jumladan, tumanning joriy yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi hamda hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.