📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi, “Adolat” Shovot tumani tashkiloti hamda tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamkorligida tumanning Turkiston mahallasi hududidagi 19-son DMTTda “Ogohlik — davr talabi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
👥 Unda tuman Kengashi deputati Feruza Yusupova, tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsultanti Alisher Duschanov, tuman Kengashi raisi Mehrinoz Abdiyazova hamda tashkilot jamoasi ishtirok etdi.
⚖️ Uchrashuvda fuqarolar orasida uchrab turadigan firibgarlik holatlari, ularning ko‘rinishlari, oldini olish choralari hamda aholining huquqiy ongini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🌐 So‘nggi yillarda texnologiyalarning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalar faoliyatining kengayishi sababli turli firibgarlik usullari ham tobora rivojlanib bormoqda.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — aholining ogohlik va hushyorlik darajasini oshirish, firibgarlik jinoyatlarining oldini olish, shuningdek, bu borada samarali profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
📝 Yakuniy qismda ishtirokchilarning taklif va mulohazalari eshitildi hamda kelgusidagi amaliy rejalar belgilab olindi.