Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” – amaliy natijalar namunasi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
SAYYOR QABUL SAMARALI O‘TKAZILDI
янв.21
2026-yil 20-fevral kuni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
HURMATLI FUQAROLAR!
янв.21
Erta turmushning salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Deputat “Miramiller” MCHJning eksport salohiyatini o‘rgandi
янв.21
Zarbdor tumanida deputat tomonidan xonadonma-xonadon tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
янв.21
Zarbdor tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
52-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida

Davlat rahbari tomonidan 2025-yil 27-dekabrda qabul qilingan “2026–2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-393-son qaroriga muvofiq, 2026-yilda «Balxiyon» MFY hududidagi 52-son maktabni rekonstruksiya qilish loyihasi tasdiqlandi.

Mazkur loyiha doirasida maktab hududida qo‘shimcha 300 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha hududda o‘quvchi o‘rni yetishmovchiligi muammosini kamaytirish, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Loyiha xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman deputati G.Bozorova tomonidan nazoratga olindi. Qurilish jarayoni shaffofligi, moliyaviy mablag‘lar maqsadli sarflanishi hamda texnik talabga to‘liq rioya etilishi yuzasidan monitoring olib boriladi.

Hudud aholisi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur obyekt o‘z vaqtida va sifatli foydalanishga topshirilishi ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Slide 1 of 5