Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat T.Qodirov saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Yangikent mahallasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi o‘rganildi
янв.21
Yangikent mahallasida yong‘indan zarar ko‘rgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Deputat Z. Mullajonov og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi oilalarni qo‘llab-quvvatlamoqda
янв.21
Deputat Z. Mullajonov Taraqqiyot MFYda sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida Xon-Xo‘ja qabristonini obodonlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Taraqqiyot mahallasida aholi murojaatlari tinglandi
2026-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho'l tumanidagi GAZABETON korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho‘l tumani Mirzadala ShFY hududida joylashgan "GGB GAZOBETON GAGARIN" MCHJ Gazabeton ishlab chiqarishni tashkil etish korxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputat korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati, tayyor mahsulotlarni saqlash va yuklash jarayonlari, shuningdek, ichki va tashqi bozorlar uchun yetkazib berish tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Korxona mutasaddilari tomonidan gazabeton mahsulotlarining qurilish sohasidagi ahamiyati, energiya tejamkorligi, zamonaviy talablar asosida ishlab chiqarilayotgani haqida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilayotgan ish o‘rinlari va hududiy iqtisodiyotga qo‘shilayotgan hissa alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv chog‘ida sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, logistika masalalari hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.

Mazkur tashrif hududda sanoat salohiyatini oshirish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 7