#inson_qadri_uchun #sayyor_qabul
➡️ “Zafarobod” kon boshqarmasi direktori, Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputati Otabek Ro'ziyev aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.
🟢Konimex tumanining turli maskanlaridan tashrif buyurgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va shikoyatlarni xalq vakiliga bayon qildi.
🟢Sayyor qabulda murojaat qilgan 11 nafar fuqarolarning har bir murojaati tegishli mutasaddilar tomonidan alohida nazoratga olinib, ularni qanoatlantirish choralari ko‘rildi.
🟢Xususan, 7 nafar murojaatchining ish bilan ta’minlash, ish joyini boshqa bo‘linmaga o‘tkazish masalalari joyida hal etildi, qolganlariga qonuniy tushuntirish berilib, muddat talab qiladiganlari esa tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi.