Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashiga tumanimizdan saylangan deputatlar O‘.Saidmurodov hamda N.Baratova joriy yilning birinchi choragida amalga oshirgan ishlar yuzasidan saylovchilarga axbarot berdi.
✍️Uchrashuv davomida o‘z saylov okrugi doirasida olib borilgan ishlar, aholi murojaatlari yuzasidan mas’ullarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ijro natijalari haqida axborot taqdim etildi. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ro‘yobga chiqishi haqida batafsil so‘z yuritildi.
🛡Shuningdek, uchrashuvda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar — uy-joy, ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, ijtimoiy yordam kabi mavzular muhokama qilinib, ular yuzasidan deputatlar o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi.