Maktabda hozirgi kunda sport zal, mini futbol maydoni, qoʻl toʻpi maydoni, sohil boʻyi voleybol maydoni va basketbol maydonlari mavjudligi, “Bozorjoʻyi” MFYda istiqomat qiluvchi aholi va uyushmagan yoshlar uchun soat 16:00 dan 24:00 ga qadar foydalanish imkoniyati yaratilganligi aniqlandi. Shuningdek, oʻrganishlarda maktabning boʻsh yer maydonida mahalla yoshlari uchun Workout maydonini tashkil etish borasida takliflar deputatlik nazoratiga olindi.