Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar tashkil etish qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Kuni kecha Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur jarayonlar doirasida kuni kecha Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari X. Samatov Xalq deputatlari Angor tumani Kengashiga tashrif buyurib, Kengashning amaliy faoliyati bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, ularning hududlardagi ishlari samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinib, mavjud holat o‘rganildi va tegishli xulosalar chiqarildi. Bundan tashqari, doimiy komissiyalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Kengash faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, jumladan, Oliy Majlis Senati qarorlari va Prezident farmonlari ijrosini ta’minlash yuzasidan atroflicha fikr almashildi hamda amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1