Yangiliklar

Yangiobod MFYda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati M.Gaipov tomonidan Yangiobod MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda turli sohalarda o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Muloqot yakunida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4