Deputat mahallada: hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 3-Yobu saylov okrugidan
saylangan deputat Muxtorova Nisora Murodillayevna Yobu mahallasi hokim
yordamchisining olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini
ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy muammolarni hal etish hamda
fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
muhokama qilindi.
Deputat mahalladagi mavjud muammolarni joyida o‘rganib, ularni bartaraf
etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berdi. Shuningdek, kelgusida
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.