Deputatlik so‘rovi – bolalar baxti yo‘lida
🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi deputati Farruxbek Abdusalomov tomonidan muhim va ijtimoiy
ahamiyatga ega deputatlik so‘rovi yo‘llandi.
🔷 So‘rovning asosiy maqsadi
– “Konchilar” MFY Maxtumquli ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar hududida bolalar
uchun zamonaviy va xavfsiz o‘yin maydonchasini barpo etish.
🔷 Ushbu tashabbus ijrosi
uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli va aniq chora-tadbirlar
belgilash, aholi va bolalar manfaatini ta’minlash so‘raldi.
🔷 Mazkur so‘rovning ijrosi
deputat nazoratida bo‘lib, har bir bola uchun xavfsiz va qiziqarli maydoncha,
baxtli va sog‘lom hayot yaratilishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilishi barchamizning
oldimizdagi mas’uliyatdir.
Telegram | Facebook | YouTube