Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot
Oltiariq tuman hokimi Sh.Turdaliyev mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda MMTB tasarrufidagi 3- hamda 6-umumta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda tuman hokimi Sh.Turdaliyev, tuman prokurori R.Tillayev va Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq o‘qituvchisi X.Raximovlar tomonidan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yoshlar masalalariga
qaratilgan tashabbus va islohotlari haqida atroflicha fikr yuritildi Jumladan, yoshlarni ilm-fan, zamonaviy ilg‘or texnologiyalar, sun’iy intellekt, biznes, adabiyot, san’at va sport sohalariga keng jalb etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi. Muloqot davomida yoshlarning tashabbus, taklif va murojaatlari o‘rganilib, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.