25-Baynalminal saylov okrugi deputati Xazna Ibrashevna о‘rganish jarayonida o‘yin maydonchasining sanitariya holati, o‘rnatilgan sport jihozlarining texnik sozligi, bolalar xavfsizligiga rioya etilishi, shuningdek, inshootlarning me’yoriy talablarga javob berishi ko‘zdan kechirildi.
Aniqlanishicha, ayrim sport jihozlari ta’mirtalab holatga kelib qolgan, o‘yin elementlarining ba’zilari esa yangilanishi zarur. Shu bilan birga, maydon hududini obodonlashtirish, qo‘shimcha o‘tirish joylari va yoritish moslamalarini o‘rnatish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga deputat so‘rovi yuborish belgilab olindi.
О‘rganish natijalari mahalla faollari ishtirokida muhokama qilinib, bolalar uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish ta’kidlandi.