Yangiliklar

Baxmal tumanida ipak qurtini boqishni tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Baxmal tumanida ipak qurtini boqishni tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Baxmal tumanida 2026-yilda ipak qurtini boqishni tizimli tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Mustafaqulova va A.Ernazarovlar ishtirok etdi. Seminar davomida ipak qurtini samarali parvarishlash, ushbu yo‘nalishda aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va fuqarolarni daromadli mehnat bilan band etish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirda tumandagi mahallalarning xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda pilla boqish istagida bo‘lgan fuqarolar qatnashdi. Ularga ipak qurti parvarishi, pilla yetishtirishning agrotexnik talablari, mavjud imkoniyatlar hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4