Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining navbatdan tashqari o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining navbatdan tashqari o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori o‘rinbosari Akramov Muzaffar Mahkamovich, viloyat hokimi o‘rinbosari Savurboyev Akmal Abdumo‘minovich, viloyat va tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari, yoshlar maslaxat guruhi, ekspert guruhi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyada Gʻallaorol tumani hokimi Oqboyev Jalolitdin Jamolovichning Gʻallaorol tumanini 2026-2027-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalasi yuzasidan axboroti ko‘rib chiqildi. Dasturning asosiy yo‘nalishlari sanoatda ishlab chiqarish hajmini 109,5 foizga yetkazish, xizmat ko‘rsatish hajmini 113,5 foizga yetkazish, qishloq xo‘jaligi hajmini 104,5 foizga yetkazish, tumanni kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish sifatida belgilab olingan.

Slide 1 of 4