Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov tomonidan “Jizzax suv ta’minoti” AJ Jizzax shahar filialiga "Qaliya" mahallasi "Beshyog‘och" hamda "Obod" mahallasi "Ko‘tarma" ko‘chalari hududidagi ichimlik suvi bilan bog‘liq nosozlik yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi. Ushbu murojaat asosida muammo o‘rganilib, qisqa fursatda ijobiy hal etildi.