Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Turkman" mahallasida deputat va profilaktika inspektorlari ishtirokida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B.Sadikova hamda profilaktika inspektori mahalla aholisi bilan ochiq muloqot olib borilib, jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish, shaxsiy hamda oilaviy xavfsizlikni ta’minlash, mahallada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga huquqiy ongni yuksaltirish va qonunlarga rioya qilish muhimligi to‘g‘risida amaliy tavsiyalar berildi. Mahalla aholisi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, faollik va hamkorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlar jamoatchilik va mahalliy hokimlik organlari o‘rtasida ishonchli hamkorlikni mustahkamlab, mahallani xavfsiz va tinch muhitda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2