Deputat va mahalla
faollari uchrashuvi
22.04.2025
🔷 Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi deputati Axrorbek Erkaboev Oqbilol va Yangiobod mahalla faollari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
🔷 Uchrashuvda “Aholining
korrupsiyaga qarshi kurashishda faolligini oshirish – qonun ustuvorligi garovi”
mavzusida davra suhbati tashkil etilib, Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish
borasida olib borilayotgan izchil ishlar o‘z samaradorligini ko‘rsatishida har bir fuqaro birdek mas’ul ekanligi, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarasini oshirish maqsadida
izchil islohotlar amalga oshirilayotganligini aytib, Davlatimiz rahbari, “Korrupsiyaga – jamiyat tanasidagi
saraton” sifatida qarash kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
🔷 Uchrashuv yakunida faollar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflarini
bildirdi. Takliflardan kelib chiqib, mahallani rivojlantirish, obodonlashtirish,
ko‘kalamzorlashtirish masalalari muhokama qilindi.