Yangiliklar

FERMER XO‘JALIKLARIGA BUXGALTERIYA XIZMATLARI KO‘RSATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Fermer xo‘jaliklari faoliyatida buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishi, moliyaviy hisobotlarning o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda soliq majburiyatlarining belgilangan tartibda bajarilishi muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat H. Qudratov Yangiobod tumanidagi Soliqservis AJ huzurida fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarini yuritish bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan buxgalteriya xizmatlari, moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlash hamda soliq hisobotlarini yuritish jarayonlariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, buxgalteriya hisobini yuritishda yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va xizmatlar sifatini oshirish masalalari yuzasidan taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganish fermer xo‘jaliklarida moliyaviy hisobdorlikni takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2