#24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_nazorati_Uchtepa
“VATAN” SAYLOV OKRUGIDAGI 55-SONLI UYDA ZAMONAVIY LIFTLAR HOLATI ÖRGANILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining "22-Vatan" saylov okrugi deputati Oleg Revtov tomonidan öz saylov okrugidagi 55-sonli köp kvartirali uyda örnatilgan zamonaviy liftlarning holati örganildi. Örganiş davomida uyining 8 ta yölagiga zamonaviy rusumdagi liftlar örnatilgani va ular aholi uçun qulaylik yaratib kelayotgani qayd etildi.
📂 Mazkur örganiş mahalliy Kengaş deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oşirildi. Zamonaviy liftlarning örnatilişi, ayniqsa, keksalar, bolali oilalar va harakatlaniş imkoniyati çeklangan fuqarolar uçun muhim qulaylik yaratib, aholining kundalik turmuş şaroitini yaxşilaşga xizmat qilmoqda.
🗂 Örganiş jarayonida Özbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi ÖRQ-581-sonli “Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida”gi Qonuni talablari ham e’tiborga olindi. Qonunning 6-moddasiga muvofiq, liftlar va ularning şaxtalari köp kvartirali uyning umumiy mol-mulki hisoblanadi. 13-moddada esa umumiy mol-mulkni boşqa şaxsga beriş bilan boğliq çeklovlar belgilangan.
🕯 Şuningdek, mazkur Qonunning 15- va 16-moddalarida umumiy mol-mulkni saqlaş, unga xizmat körsatiş, ta’mirlaş hamda bu bilan boğliq xarajatlarda mulkdorlarning iştirok etişiga oid qoidalar nazarda tutilgan. Şu munosabat bilan liftlarning texnik holatini muntazam nazorat qiliş, xavfsizlik talablariga rioya etiş va ularning uzluksiz işlaşini ta’minlaş muhim ahamiyatga ega.
📈 Deputat Oleg Revtov tomonidan olib borilgan uşbu örganiş 24 banddan iborat tavsiyalarda belgilangan vazifalar ijrosini baholaş, köp kvartirali uylarning umumiy mol-mulkini asraş hamda aholi uçun yanada qulay va xavfsiz yaşaş şaroitlarini yaratişga qaratilgan.