Yangiliklar

ISTIROHAT BOG‘I OBODLIGI VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT E’TIBORIDA

Yashil hududlar — tabiat musaffoligi, aholi salomatligi va obod muhit garovi. Daraxt va manzarali ko‘chatlarni ekish, ularni parvarishlash hamda jamoat maskanlarini ozoda saqlash hududning ekologik holatini yaxshilash bilan birga, aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tuman istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida hududni ko‘kalamzorlashtirish, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, bog‘ning ozodaligini ta’minlash hamda aholining maroqli dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faqat ko‘chat ekish bilan cheklanib qolmasdan, ularning tutib ketishi va sog‘lom o‘sishini ta’minlash, o‘z vaqtida sug‘orish hamda muntazam parvarishlash muhimdir. Shu bilan birga, istirohat bog‘idagi mavjud yashil maydonlarni asrash, hudud tozaligini saqlash va dam olish maskanining obodligini yanada yaxshilash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Deputat tomidan ekilgan ko‘chatlarni muntazam sug‘orish va agrotexnik qoidalarga muvofiq parvarishlash;
— Bog‘ hududida sanitariya va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish;
— Yashil maydonlarni kengaytirish va manzarali daraxtlarni ko‘paytirishga e’tibor qaratish;
— Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tabiatni asrash va ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Maqsad — tuman istirohat bog‘ini yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholi uchun qulay dam olish muhitini yaratish.

Slide 1 of 2