Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

YOSHLAR MUAMMOLARI — KENGASH RAISI E’TIBORIDA

💥 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi raisi, senator P.Axmedjanova Bo‘ston mahallasida yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

TASHABBUSLI BUDJET — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
O‘rganish davomida Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi VII-26-35-9-122-K/26-son qaroriga muvofiq, 2026-yilgi 1-mavsum “Tashabbusli budjet” jarayonida umumiy qiymati 10,7 milliard so‘m bo‘lgan 8 ta loyiha g‘olib deb topilgani ma’lum bo‘ldi.
Ushbu loyihalar orasida tuman Kengashi deputati J. Mamadaliyev tashabbusi bilan ilgari surilgan boks zali qurilishi ham bor. Qiymati 1,6 milliard so‘m bo‘lgan mazkur sport inshooti zamonaviy yengil konstruksiyalar va sendvich panellardan barpo etilmoqda. 12×24 metr o‘lchamdagi zal hamda yuvinish va boshqa yordamchi xonalarni o‘z ichiga olgan majmua yoshlarning boks bilan muntazam shug‘ullanishi uchun sharoit yaratadi.

Slide 1 of 4