Yangiliklar

Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 15-«Yangi Chorsu» saylov okrugidan saylangan deputati M. Yunusov tomonidan «Yangi Chorsu» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Chankatlik ko‘chasi, 21-B-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro U.Toshtemirova xonadoniga tashrif buyurildi. Tashrif davomida oilaning yashash sharoiti hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, oilaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ham yordam ko‘rsatilgani aniqlandi. Jumladan, vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy ko‘mak ajratilgan.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kundalik ehtiyojlariga e’tibor qaratish hamda mavjud yordam choralari bilan tanishishga alohida ahamiyat berildi.

Deputat tomonidan mahalladagi oilalarning turmush sharoitini o‘rganish va ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratish ishlari davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6