DEPUTAT MAHALLADA
Joriy yilning 14-mart kuni xalq deputatlari Zangiota tumani deputati M.Qoraxo‘jayev “Shodlik” MFY faollari bilan mahalladagi muammolar bo‘yicha uchrashdi.
2025-yil "Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot" yilida olib boriladigan ishlar hamda mahalladagi muammolarni bartaraf qilish haqida suhbatlashdi.
Shuningdek, fuqarolarni o‘zini-o‘zi band qilish uchun imtiyozli kredit olish yuzasidan tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolarni birga hamkorlikda hal etish, nogironligi bor insonlarni holidan xabar olish, ularni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar yuzasidan chora tadbirlar belgilandi.