Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_nazoratida Zero, yosh avlodning sog‘lom kamol topishi va sifatli ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish — ustuvor vazifamiz!  ✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati O.Akromovning saylov okrugi hududida joylashgan “Qahramon” mahallasidagi 40-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sport sharoitlari kotibiyat xodimi G.Shodiyeva tomonidan o‘rganildi. ✅O‘rganish natijasida maktabda sport anjomlari yetarli ekanligi va ayni paytda sport zalida mashg‘ulotlar olib borilayotgani aniqlandi. Biroq sport zalida isitish tizimi ishlamasligi sababli qish mavsumida jismoniy tarbiya darslarini tegishli sharoitlarda tashkil etishda muammolar yuzaga kelishi mumkin. ✅ Mavjud muammoni bartaraf etish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda muammoning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
#Deputat_so‘rovi  #Deputat_nazorati
янв.21
#qabul #deputat_faoliyati
янв.21
#Deputatlik_nazorati
янв.21
#Deputatlik_so‘rovi #Amaliy_natija
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
#Deputat_mahallada
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati nazorat-tahlil qilindi.

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati nazorat-tahlil qilindi.
Tuman hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida va belgilangan tartibda olib ketish holati yuzasidan tuman Kengashi deputati Muxtorov Abdurayim Lapasovich tomonidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.
Nazorat jarayonida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlarining holati, belgilangan hududlardan chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilishi hamda sanitariya-obodonlashtirish talablariga rioya etilishi 24 talik tavsiyalar asosida o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hududlarning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Asosiy maqsad — aholiga qulay va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilashdir.