Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati D.Ismoilov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Mahmudovlar 32-umumiy o‘rta ta’lim matabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va mavjud qozonxonalar holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazishga tayyorgarlik darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Jumladan, qozonxona va isitish tizimlarining texnik holati, o‘quv xonalari hamda yordamchi binolarning mavsumiy sharoitlarga mosligi, shuningdek, mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligi va foydalanishga tayyorligi tahlil qilindi.
Shuningdek, mavsum davomida isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarning oldini olish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qozonxona va isitish tizimlarini mavsumga to‘liq tayyor holatga keltirish hamda zarur profilaktik ishlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.