Yangiliklar

Kengash qarorining ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati D.Ismoilov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Mahmudovlar Besarang mahalla fuqarolar yig‘inida ichki ko‘chalari yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida Toshloq tuman Kengashining 2026-yil 22-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur dastur doirasida Besarang mahallasidagi ichki ko‘chalarning yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilash, mavjud yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash, shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz transport harakatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari bilan joyida tanishildi.

Jarayon davomida bajarilayotgan ishlarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga muvofiqligi, yo‘l qoplamasining sifati, bajarilgan ishlarning amaldagi holati hamda belgilangan talablar asosida tashkil etilgani ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, yo‘l qoplamasining mustahkamligi hamda foydalanish uchun qulayligini ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 3