Yangiliklar

#Deputat_nazarati

♻️22-saylov okrugi deputati S. Shavkatovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Tursunova tomonidan “Bo‘ston” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida, xususan, mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilindi.

♻️Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi, aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish, fuqarolarga mavjud imkoniyat va imtiyozlardan foydalanishda ko‘maklashish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

♻️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4