Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “Chorchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 167-I-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni talablarining bajarilishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish davomida “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan hujjatlarning yuritilishi, ish yuritishda davlat tilidan foydalanish holati, shuningdek, mahalla hududida joylashgan peshlavha va yozuvlarning qonunchilik talablariga mosligi ko‘zdan kechirildi.
Jarayon davomida hujjatlarni davlat tilida yuritish, yozuvlarda imlo qoidalariga rioya qilish hamda davlat tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish, ish yuritish hujjatlarini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirish hamda peshlavhalardagi yozuvlarni amaldagi me’yorlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi