Zangiota tumani Ibrat MFYda 4-sektor rahbari D.Sulaymonov tuman Xalq qabulxona mudiri F.Xusanboyev va Mahallalar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hamda 6-okrug deputati T.Xoliqovlar boshchiligida mahalla aholisini qiynayotgan ayni kunlarda mavjud muammolar yuzasidan sayyor qabul tashkil qilindi. Mahalla yettiligi Vazirlar maxkamasining 13-iyun 2024-yildagi 334-sonli qaror ijrosini ta'minlash maqsadida 2024-yil davomida olib borilgan ishlar bo‘yicha fuqarolar oldida hisobat berib o‘tishdi hamda 2025-yil davomida bajariladigan ishlar o‘qib eshittirilib fuqarolar fikri va takliflari tinglandi. Fuqarolarni barcha savollariga javob olishdi va rahbarlar tamonidan kerakli maslahatlar beribildi.