Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Зангиота тумани Токзор маҳалласи Кичкина Қани асосий кўча бошидаги авария холатига келиб қолган бетон столбалар алмаштирилмоқда. Бунда 17-округ депутати Ёрқиной Мирзахмедова ҳамда маҳалла фаолларини ҳаракати билан соз холатга келтирилмокда
янв.21
Халқ дерутатлари Зангиота тумани Кенгаши 13-округ депутати Асия Кудайберганова хизмат сафари билан Наманган вилояти Мингбулоқ туманида
янв.21
Халқ депутутлари туман Кенгашининг “Қонунийликни таъминлаш ва коррупсияга қарши курашиш масалалари бўйича доимий комиссияси” йиғилиши бўлиб ўтмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 6-okrug deputati T.Xoliqov Dexqonobod MFY "Mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Zangiota tumani 6-okrug deputati T.Xoliqovlar boshchiligida mahalla aholisini qiynayotgan ayni kunlarda mavjud muammolar yuzasidan sayyor qabul tashkil qilindi
янв.21
Зангиота тумани 7-округ депутати Худайберганова Наима «Гулбог » махалласи фаоллари билан учрашди.
янв.21
Зангиота тумани 7-округ депутати Худайберганова Наима «Чорбог» махалласи фаоллари билан учрашди
янв.21
7-округ депутати Худайберганова Наима «Асил» махалласи фаоллари билан учрашди
янв.21
Zangiota tumani xalq deputatlari tuman kengashi 8-saylov okrugi deputati N.T.Muhitdinova, 32- maktabda sababsiz dars qoldirgan o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan muloqot jarayonida.
янв.21
Зангиота тумани 8-округ депутати Н.Т.Муҳитдинова Ўзбекистон "Миллий тикланиш" демократик партияси Тошкент вилояти Кенгашининг I пленумида иштирок этмоқда.
Dasturiy mahsulotlar va axborot  texnologiyalari parki Farg‘ona viloyati filialida “IT” xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga olib chiqish mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbatida O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari B.Djalilov va A.Mahkamovlar ishtirok etdilar. 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xizmatlar ko‘rsatish sohasida ham tub o‘zgarishlarga olib keldi. Xizmat ko‘rsatish sohasiga yangicha yondashuvlarning joriy etilishi tadbirkorlar faoliyatidagi to‘siqlar kamayishi hamda ularning daromadlari oshishiga, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

Aholi bandligi ta’minlanishi natijasida esa mamlakatimizda fuqarolarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilashga erishiladi. Shu bois davlatimiz rahbari tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, avvalambor, aholining moddiy farovonligini yuksaltirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, uning yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz raisligida joriy yil 7-fevral kuni xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bugungi kunda eng muhim masalalardan ekanligining amaliy isbotidir.

Deputatlar davlatimiz rahbari tomonidan yer uchastkalarini va davlat mulkini ijaraga olish yoki xususiylashtirish bo‘yicha ochiq, shaffof, manfaatli shartlarni ishlab chiqish hamda tadbirkorlarga e’lon qilish vazifasi yuklatildi. Shu bilan birgalikda joriy yilda masofaviy xizmatlar loyihalari uchun 50 million dollar ajratilgani, bunda ko‘proq chet el kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizni, ayniqsa, yoshlarimizning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilinganiga urg‘u berdilar.

E’tiborlisi, joriy yilda IT xizmatlari xajmini 30 foiz o‘stirib, 80 trillion so‘mdan, eksportini 1 milliard dollardan oshirish imkoniyati borligi qayd etildi. Shuningdek, yig‘ilishda moliyaviy xizmatlar, transport xizmatlari, turizm xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish kerakligi va bunga imkoniyatlar yetarligi ta’kidlab o‘tildi.

Slide 1 of 4