Bugun Zangiota tumani Xalq deputatlari Kengashining 13-"Nazarbek" okrugidan saylangan deputat Kudayberganova Asiya Mirzali qizi " Nazarbek " mahalla fuqarolar yigʻinida aholi murojaatlarini oʻrganish va hal qilish maqsadida qabul oʻtkazdi.
️Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari esa hal qilish uchun mutasaddi tashkilot rahbarlariga yoʻnaltirildi. Baʼzi murojaatlar boʻyicha fuqarolarga tegishli maslahatlar berildi. Qabul davomida kam taʼminlangan oilalar oʻrganildi.
️Bu kabi qabullar, mahalla aholisining muammolarini oʻrganish va ijobiy hal qilish uchun muhim boʻlib, deputatlarning fuqarolar bilan oʻzaro hamkorliklarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.