17-maktabda sport jihozlariga ehtiyoj aniqlandi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Qorayeva hamda kotibiyat mudiri N.Turdiyev tomonidan Shodlik mahallasida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabining sport zali va mavjud sport jihozlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport zalining holati ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish uchun gimnastika sport jihozlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Aniqlangan ehtiyoj yuzasidan tegishli mas’ullarga takliflar bildirilib, maktabni zarur sport jihozlari bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratiga olindi.