35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

ABU RAYHON BERUNIY MAHALLASIDA CHIQINDI MUAMMOSI OʻRGANILDI

 Oʻrganish davomida Abu Rayhon Beruniy mahallasi “Tabobat” koʻchasidagi koʻp qavatli uylar orqa qismida joylashgan chiqindi konteyneri toʻlib ketgani aniqlanib, fuqarolarning murojaati qayd etildi.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida “Toza hudud” DUK Bogʻot tumani filiali boshligʻi T. Razzoqovga deputat soʻrovi yuborildi hamda chiqindi konteyneri bilan bogʻliq muammoni ijobiy hal etish boʻyicha amaliy choralar koʻrish soʻraldi.

Fuqarolar murojaatlarini oʻrganish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va deputatlik nazoratini kuchaytirish ishlari davom ettirilmoqda.