35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

AHOLI SALOMATLIGI — MUHIM MASALA

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 16-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Magripova Ruzigul Toshniyozovna tomonidan hududdagi oilaviy poliklinikada “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolarning tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi hamda tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish va tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 2