O‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi”ning 4-yo‘nalishi — hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlarni baholash doirasida tashkil etildi.
Jarayon davomida mahallada aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, hokim yordamchisining xonadonbay ishlash tizimi, fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.