#murojaatlar_daftari
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
Istara mahallasida asfaltlash masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 23-Navbur saylov okrugidan saylangan deputat Q. Igamberdiyevaning okrugidagi “Istara” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev mahalla raisi bilan birgalikda mahalladagi mavjud muammolarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida “Istara” mahallasidagi Porloq ko‘chasini asfaltlash zarurati yuzasidan masala ko‘rib chiqildi. Mahalla raisi va ko‘cha aholisi tomonidan ko‘chadagi yo‘lning holati, uni asfaltlash zarurati hamda aholiga qulay sharoit yaratish masalalari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Mazkur masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, Porloq ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish va masalani belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram