35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputat mahallada!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov “Navgadi” mahallasi faollari bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolar, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
🔹Uchrashuv davomida mahallada ijtimoiy va infratuzilmaviy masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, hududni yanada obodonlashtirish, aholi turmush farovonligini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Deputat mahalla faollarining taklif va mulohazalarini tinglab, bildirilgan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ularning ijrosini nazoratga olish muhimligini ta’kidladi.
🔹Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, hududdagi dolzarb masalalarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3