Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M. Salimova va Kengash bosh mutaxassisi N. Nazarova tomonidan biriktirilgan tashkilotning xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda turli salbiy holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish yo‘nalishidagi ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.