35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi deputati A.Qaxorov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Boboyev Mirishkor mahallasida joylashgan 40-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonini o‘rgandilar.

🔹 O‘rganish davomida maktabda o‘qituvchilarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

🏗 Shuningdek, maktabda o‘quvchilar soni yildan-yilga ortib borayotgani inobatga olinib, qo‘shimcha bino qurilishi jarayoni ham o‘rganildi. Mazkur qo‘shimcha bino maktabdagi o‘quvchilar sig‘imini oshirish va ta’lim olish uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

📚 O‘rganish jarayonida yangi o‘quv yilini uyushqoqlik bilan boshlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 7