Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L. Behbudova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan Oytug‘di mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✅Ochiq muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Aholini qiynayotgan ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan fikr almashilib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
✅Uchrashuvda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ko‘tarilgan masalalarni deputatlik nazorati asosida hal etish muhimligi ta’kidlandi.
✅Bunday uchrashuvlar xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasidagi bevosita muloqotni mustahkamlash, aholining muammolarini chuqur o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.