Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 30-iyundagi VII-29-80-7-101-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur qaror asosida tumandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor usulda ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganilmoqda.
O‘rganish davomida xonadonlarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, yaratilayotgan qulayliklar, energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirilmoqda.
Mazkur jarayonlar natijasida aniqlangan masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat ishlari davom ettiriladi.