35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Sessiya masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi ijtimoiy soha, yoshlar siyosati hamda madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya tomonidan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, xususan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlarda samarali va xolis o‘rganishlarni tashkil etish maqsadida ishchi guruhlar shakllantirildi.

Ishchi guruhlar tarkibiga xalq deputatlari Kengashi vakillari bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, jumladan, Nogironlar jamiyati raisi X. Xaitova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari jalb etildi.

Slide 1 of 1