35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Doimiy komissiyalar va hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

Jumladan, Doimiy komissiya a’zosi, deputat Saodat Djumanova hududiy jamiyatlar birlashmasining 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishida faol ishtirok etdi.

Yig‘ilish barcha tuman jamiyatlari vakillari ishtirokida o‘tkazilib, unda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida deputat Saodat Djumanova o‘z nutqi orqali deputatlik faoliyati, amalga oshirilgan deputatlik so‘rovlari, saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar, hududdagi mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Slide 1 of 1