Monitoring davomida mahallada jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
Hududdagi videokuzatuv tizimi ko‘zdan kechirilib, ayni paytda 2 ta kuzatuv kamerasi faoliyat yuritayotgani, xavfsizlikni yanada kuchaytirish maqsadida esa qoʻshimcha 2 ta videokuzatuv kamerasini oʻrnatish zarurligi belgilandi.
Oʻrganish yakunida aniqlangan takliflarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan masʼul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash doimiy deputat nazoratida.