#Deputatlik nazorati doirasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tomonidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
✅Tadbir davomida "Bektepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr moped va skuterlar savdosi hamda ushbu yo‘nalishdagi tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi.
✅O‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati, iste’molchilarga yaratilgan sharoitlar, amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan tahlillar olib borildi.
✅Shuningdek, tadbirkor bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyatni yanada rivojlantirish, qonunchilik talablariga rioya etish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.
✅Deputatlik nazorati tadbirlari hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida izchil davom ettirilmoqda.