Yangiliklar

Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalarning sifatli ovqatlantirilishi hamda muassasaning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, pedagog xodimlarning faoliyati, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida muassasa rahbariyati va jamoasi tomonidan bildirilgan taklif hamda murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bolalarning har tomonlama barkamol voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2