Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich va Abdisadikov Yusupbay Axmadjanovichlar mahalla ichki ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan ishlarni o‘rgandi.
📍 O‘rganish davomida:
🔹 daraxtlar ortida qolib, haydovchilar e’tiboridan chetda qolayotgan yo‘l belgilari;
🔹 transport vositalari tezligini cheklash maqsadida o‘rnatilgan sun’iy yo‘l notekisliklari (tezlik pasaytirgichlar);
🔹 ichki ko‘chalardagi mavjud xavfli uchastkalarning holati ko‘zdan kechirildi.
🚸 Ayniqsa, piyodalar va bolalar harakati serqatnov hududlarda xavfsizlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📄 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yo‘l harakati xavfsizligini yanada yaxshilash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.